Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilariga bakalavr diplomlari topshirildi
    25.04.2023

    Joriy yilning 25-aprel kunida Toshkent shahridagi Amiti universitetida tantanali bitiruv marosimi o‘tkazildi. Unda talabalar ilk bakalavr diplomlari bilan taqdirlanishdi.

    Tantanali marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda bitiruvchilarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligini sharaflash maqsadida ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchi va xodimlar ham qatnashdi.

    Vazir o‘z nutqi davomida bitiruvchilar oʻqishlarini muvaffaqiyatli bitirganliklari bilan tabriklab, ularga kasbiy yuksalish va kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.

    “Sizlar uchun haqiqiy hayot endi boshlanmoqda. O‘qish davomida sarmoya kiritib, sizni qo‘llab-quvvatlagan ota-onangiz ishonchini oqlaydigan paytingiz keldi. Yelkangizda katta mas’uliyat turibdi. Siz erishadigan mavaffaqiyatlarga qarab, keyingi yosh avlod ham ushbu universitetga ishonch bildirib, o‘qishga intilishga harakat qiladi. Hammangizni kelajakda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilayman. Buning uchun yurtimizda juda katta imkoniyatlar mavjud”, – dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov.

    Marosim davomida bitiruvchilar o‘qish davomida qo‘llab-quvvatlagan va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilari, ustozlari va tengdoshlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar va esdalik uchun suratga tushdilar.

    2022-yilda Toshkent shahridagi Amiti universitetida 150 nafarga yaqin talabalar bakalavr darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, 80 foiz bitiruvchilar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular orasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishlayotganlari ko‘pchilikni tashkil etadi.

    Ma'lumot uchun, Toshkent shahridagi Amiti universiteti O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi Farmoni bilan tashkil etilgan va o‘quv yili 2019-yildan boshlangan. Dastlab, bakalavr dasturi asosida axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi va Kompyuter bilimlar va muhandisligi hamda Xalqaro umum taʼlim bosqichi (International Foundation studies) kabi yo‘nalishlarda talabalar qabul qilingan.

    Toshkent shahridagi Amiti Universitetining bosh vazifasi ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

    Universitet barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

    Manba: Axborot xizmati