Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ITU: O‘zbekistonda Internet va aloqa xizmatlari yanada hamyonbop bo‘lmoqda
    27.04.2023

    So‘nggi yillarda butun dunyoda Internet xizmatlariga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Bunda, xalqaro tashkilotlar tomonidan Internet xizmatlari uchun narxlarning aholi uchun qulayligi va hamyonbopligini baholash mezonlari joriy etilgan. Jumladan, Xalqaro elektraloqa ittifoqi (The International Telecommunication Union (ITU)ning 2022 yil yakuni bo‘yicha hisobotida mamlakatlar kesimida Internet xizmatlari narxlari o‘rganib chiqilgan.

    ITU tomonidan AKT xizmatlari narxlarini tahlil qilishning 5 ta umumlashtirilgan xizmatlar savatlari ishlab chiqilgan.

     

    Mazkur savatlarda jamlangan xizmatlar narxining ushbu mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan yalpi milliy daromad (GNI)dagi ulushini aniqlash orqali mamlakatlarda Internet xizmatlarining hamyonbopligi aniqlanadi.

    2018-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan butun jahon mamlakatlari uchun AKT xizmatlari narxining hamyonbopligini ta’minlash maqsadida 2025-yilga qadar savatlarda jamlangan AKT xizmatlari uchun narxlarning ushbu mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan yalpi milliy daromad (GNI)dagi ulushini 2 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan.

    Ta’kidlash joizki, ITUning 2022 yil yakuni bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston ushbu 5 ta savatlarning barchasi bo‘yicha BMTning 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichini bajargan davlatlar qatoriga kiritilgan.

    2021-yilda maqsadli ko‘rsatkich bajarilmagan birgina simli Internet xizmatlari ko‘rsatkichi 2,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich bajarilib, 1,7 foizni tashkil etgan. Jami 2022-yil yakuniga ushbu ko‘rsatkichni bajargan davlatlar soni 71 taga yetkazilib (o‘tgan yili 64 ta bo‘lgan), 2022-yilda maqsadli ko‘rsatkichni bajarishga erishgan yangi 7 ta davlatlar qatoriga O‘zbekiston kiritilgan.

    Hozirgi kunda AKT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi hamda telekommunikatsiya bozorida raqobat muhiti shakllanganligi natijasida aholi uchun Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilib, yuqoridagi maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishiga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati