Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizni Yangi yil bilan muborakbod etadi!
    31.12.2018

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizni kirib kelayotgan Yangi 2019-yil bilan muborakbod etadi!

    Bu yil oson kechmadi. Chunki, biz yanada yaxshiroq ertangi kunga umid bilan mehnat qildik va qoʻlga kiritganlarimiz ham munosib darajada boʻldi. Hozirda axborot texnologiyalari juda ilgʻorlab ketganini har birimiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunni ularsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Kelgusi yilda sohada yanada koʻproq ijobiy yangilanishlar va inson tafakkurining eng soʻnggi yutuqlari boʻlishiga erishamiz.

    Mamlakatimizdagi har bir xonadonda insonlar baxtli, osmonimiz musaffo boʻlsin va har birimiz kelajakka ishonch bilan qadam tashlaylik!

    Bayramingiz bilan!

    Manba: Axborot xizmati