Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetiga STPIning AT-parklari maslahatchisi tashrif buyurdi
    30.01.2019

    28 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyatining (STPI) AT-parklar boʻyicha maslahatchisi j-b J.Partasarati tashrif buyurdi.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov hindistonlik mehmonni universitetning akademik faoliyati, professor-oʻqituvchi tarkibi va talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Taʼlim dasturlarining kelgusi rivojlanishi va kengaytirilishi istiqbollari haqida soʻzlab berdi.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Manba: Axborot xizmati