1 fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ishonch telefoni” “1199” qisqa raqami orqali kun-u tun tartibida ishlamoqda.
Ishonch telefoni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Manba: Axborot xizmati