Bugun 26 sentyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida doirasida birinchi marotaba Xalqaro biznes markazida "Axborot texnologiyalari va ShHTning innovatsion rivojlanishi" forumi bo'lib o'tdi.
Forumda xorijiy davlatlar, ShHT mamlakatlari diplomatik korpuslari, davlat organlari rahbarlari va vakillari, O'zbekiston va xorijiy IT-kompaniyalar, jamoat va ilmiy tashkilotlari ishtirok etdi
Formda ShHT mamlakatlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muammolar muhokama qilindi va qo'shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishildi.
Tadbir ishtirokchilarining ta'kidlashicha, Forumning eng muhim vazifalaridan biri bu davlat organlari va IT-biznes vakillarining, shuningdek ekspertlar hamjamiyatining AKT sohasidagi milliy va mintaqaviy darajadagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha konsolidatsiyalangan pozitsiyasini shakllantirish ekanligi alohida qayd etildi.
Formda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.
Manba: Axborot xizmati