«UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning turli hududlarida ko‘chma ofislarni tashkil qilmoqda.
Shunday ko‘chma ofislardan biri bugun, 16-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasida tashkil etildi.
Ushbu aksiya doirasida «UZDIGITAL TV» raqamli televideniya xizmatlariga ulangan abonentlar uchun qurilmalarni o‘rnatib berish bepul amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, endilikda pochta bo‘limlarida «UZDIGITAL TV» karta va tyunerlarini xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.
Manba: Axborot xizmati