Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nanodegree grantining ishtirokchilari aniqlandi
    26.03.2020

    Bugungi kunda Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy  maxsus onlayn-portal orqali  IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha — “Bir million o‘zbek dasturchi” («One Million Uzbek Coders») loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Mazkur loyiha  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

    Platforma 2019 yil 21 noyabr kuni ishga tushirildi va 2020 yil 1 mart kuni o‘quvchilar o‘rtasida birinchi imtihon o‘tkazildi. Imtihonga 116 nafar  ishtirokchilar ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsa, keyingi bosqichga 51 nafar ishtirokchi  muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi. «Udacity.com» loiyhasida o‘qishni  yakunlagandan  keyin ishtirokchilar  nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

    Manba: Axborot xizmati