Prezident farmoni hamda Hukumat qarori bilan davlat OTM magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Mazkur tartib magistratura qishki qabulida toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga koʻra, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Manba: Axborot xizmati