Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbekistonda raqamlashtirish holati” mavzusida vebinar oʻtkazildi
    27.03.2023

    Yevropa va Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) va Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi (AEB), Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park bilan hamkorlikda hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi missiyasi koʻmagida “Oʻzbekistonda raqamlashtirish holati” mavzusida onlayn vebinar oʻtkazildi. 

    Ushbu vebinar Yevropa Ittifoqi bilan yangi iqtisodiy aloqa koʻprigini yaratish va Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ilgʻor islohotlarni yoritishga qaratilgan 2023-yil davomida “Oʻzbekiston: raqamlardan tashqari” deb nomlangan tadbirlarning bir qismidir.

    EUROUZ Bosh kotibi Oybek Shayxov va EUROUZ boshqaruv kengashi aʼzosi, hamda Dentons kompaniyasi hamkori Lui Skayner moderatorlik qilgan vebinarda yuqori darajadagi maʼruzachilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, Plug and Play Uzbekistan direktori Feliks Lammers va Revotech kompaniyasining tadqiqot izlanishlari boʻyicha menejeri Gulsara Sharipova Oʻzbekistonda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari, taraqqiyoti va ishtiroki ortib borayotgani haqida keng maʼlumot berdi.

    Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hukumat tomonidan taʼlim sohasida Oʻzbekistonni tark etmagan holda, Yevropaning istalgan kompaniyalari uchun autsorsing ish oʻrinlarida ishlash koʻnikmasiga ega boʻlajak bitiruvchilar guruhini yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi. 

    Vebinarda 100 dan ortiq Yevropa kompaniyalari onlayn ishtirok etib, tadbirni ijtimoiy tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri jonli kuzatib bordi. Bu esa joriy yil boshidan buyon IT sohasida Yevropa Ittifoqi kompaniyalari uchun keng qamrovli tadbirlardan biri hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati