Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Tadqiqot ishlari
20.04.2017

Fan va texnologiya sohasida qo‘yilgan masalalarni bajarish maqsadida 1992 yildan Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qisqa muddat ichida «UNICON.UZ» markazi tashkil topgan vaqtdan boshlab, O‘zbekistonda qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun potensialga ega yetakchi ilmiy-texnik tashkilotiga aylandi.

Markaz xalqaro arenada faol faoliyat olib bormoqda, u Markaziy ilmiy-tadqiqot aloqa intituti (MITAI) va uning filiallari, Tarmoqlararo ilmiy-axborot markazi (TIAM), Moskva aloqa va axborotlashtirish texnika universiteti, Radio ilmiy texnika instituti (RITI) va uning filiallari kabi ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan har yili turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 2010 yilda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilyapti:

– «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimini isloh qilish;

– O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirishning tizim-tarmoq masalalarini tadqiq qilish;

– Raqamli televizion va tovushli radioeshittirishni ishlab chiqish va joriy etish;

– Axborotkommunikatsiyalarning axborot xavfsizligini ta’minlash metodlari va vositalari;

– Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirishning iqtisodiy jihatlari.