Xitoy Beidou milliy navigatsion tizimini yaratish loyihaning final bosqichini yakunlash arafasida
Shu oyda Xitoy orbitaga Beidou milliy navigatsion tizimining oxirgi sputnikni chiqarishga rejalashtirmoqda.
Beidou milliy sputnik navigatsion tizimini yaratish loiyhasiga 2000-yilarning boshlarida start berildi. Uning asosiy maqsadi xuddi amerikalik GPS (Navstar), rossiyalik GLONASS va yevropalik Galileo tizimlari kabi o‘z milliy maqsad va vazifalari uchun milliy navigatsion tizimni yaratish. Boshida Beidou Xitoy hududida xizmat ko‘rsatib, keyinchalik Osiyo-Tinch okeani hududini va 2015 yilda jahon hududini qamrab olgan.
Hozirgi kunda Beidou tizimida 35 ta sputnik ishlamoqda. Bu esa GPS (32 ta), GLONASS (27 ta) va Galileo (22 ta) manbalaridan ko‘proq qiladi.
Reuters agentligi ma’lum qilishicha, barcha ishlar yakunlaganidan keyin Beidou tizimining aniqligi 10 santimetrga teng bo‘ladi. Bu esa GPS ko‘rsatqichlaridan (30 santimetr) yuqori.
“Yandex” video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun o‘z onlayn-servisini taqdim qildi
Joriy yil 15 iyun kuni “Yandex” kompaniyasi videoqo‘ng‘iroklarni amalga oshirish uchun “Yandex.Telemost” nomli onlayn-servisni sinov rejimida ishga tushirdi. «Yandex.Telemost» tizimida videokonferensiyalarini “Yandex” mahsulotlaridan foydalanilayotgan har bir shahs tashkillashtirishi mumkin.
Hozirgi kundan mazkur servisdan faqat Yandex va Google Chrome brauzerlari orqali foydalansa bo‘ladi. Ixtirochilar so‘zlariga ko‘ra, “Yandex.Telemost” yaqin orada kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham integratsiyalashadi va undan barcha brauzerlardan foydalansa bo‘ladi.
Foydalanuvchilar esa, o‘z navbatida, “Yandex.Telemost”ga ro‘yxatdan o‘tmagan holda unga tez ulanish imkoniyatini ijobiy deb baholadi. Tizimning cheklangan funksional imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Videokonferensiyaga maksimal ravishda 35 ta shahs ulanishi, tizimda chat mavjud emasligi salbiy tomonlari deb qayd etildi. Foydalanuvchilar fikrlariga ko‘ra, “Yandex.Telemost” sinov versiyasi hozirgi kunda undan ish jarayonlarida foydalanishga nisbatan muloqot olib borish uchun afzalroqdir.
Flash Player dasturi xizmatlari Adobe rasmiy saytida joriy yil dekabr oyida to‘xtatiladi
Adobe kompaniyasi ma‘lumotlariga ko‘ra 2020 yil 31-dekabrdan so‘ng Adobe’ning rasmiy saytida veb-sahifalarida animatsion kontentini ko‘rishga imkon beruvchi kompaniyaning eng mashhur mahsulotining — Adobe Flash Player’ning tarqalishi va yangilanishi to‘xtatiladi.
Buning asosiy sababi hozirgi kunda HTML5, WebGL va WebAssembly ochiq standartlardagi texnologiyalar yaxshi alternativaga aylanib eng ko‘p ishlatiladigan brauzerlaga ishlab chiqaruvchilar tomonidan avtomatik ravishda integratsiya qilinadi.
O‘z navbatida, Google 2019 yilda HTML5 o‘tganligi sababli Flash-kontentni izlashni to'xtatdi.
Adobe texnologiyani Chrome va Microsoft Edge brauzerlari ham qo‘llanishni to‘xtatgan. Mozilla brauzerning yangi versiyasi ham Flash texnologiydan foydalanmaydi.
AQShda sotuvga robot-kuchuk chiqarildi
Robototexnika sohasida yetakchilaridan biri – Boston Dynamics muhandislik kompaniyasi o‘z mahsulotini – keng ommaga robot-kuchuk laqabi bilan tarqalgan Spot nomli ixtironi rasmiy sotuvga chiqardi.
Robotning bozordagi narxi $74,5 mingga teng.
Ixtirochilar aytishlaricha, robot-kuchuk robotexnika sohasida laboratoriya ishlarini va robotlarni professional, ijtimoiy va shaxsiy maqsadlar uchun tadqiqotlarni olib borayotgan kompaniyalar uchun qiziqarli taklif bo‘ladi.
Ilon Mask yaqin orada Starlink global sun’iy internet tizimini yopiq sinovdan o‘tkazilishini rejalashtirmoqda
SpaceX kompaniyasi Starlink global sun’iy internet tizimi loyihasini amalga oshirish doirasida Yer orbitasiga yana 58 ta sputniklarni chiqardi.Sayyoramizning orbitasida hozirgi kunda Starlink ning 540 ta sputniklari parvoz qilmoqda. Bu esa tizimning yopik test sinovdan o‘tkazilishi uchun yetarli. Ochiq beta test sinovini rasmiy o‘tkazishiga qadar ularning soni 800 ga yetqaziladi.
SpaceX barcha xohlovchilarni tizimning yopiq sinovdan o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishni taklif qilmoqda. Buning uchun kompaniyaning rasmiy saytida maxsus formani to‘ldilirish zarur. Ishtirokchilarga signalni ta’minlab beruvchi maxsus terminallar topshiriladi. SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, Starlink 1 Gbit/s. gacha tezlikni ta’minlab bera oladi.
Test sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan holda Starlink sun’iy internet hizmatidan foydalanish narxi 80 dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Boshida Starlink xizmati AQSh va Kanada uchun mo‘ljallangan bo‘lib, keyinchalik uni global miqyosida ko‘rsatilishi ham rejalashtirilgan.
SpaceX kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Ilon Mask ta’kidlaganidek, “oz” darajada qamrovni ta’minlash uchun 400 ta, “o‘rtamiyona” daraja uchun kamida 800 ta Starlink sputnik talab etiladi. Tizimni to‘laqonli ishga tushirilishi uchun 12 mingta sputniklarni orbitaga chiqarish kerak, ammo bu ham qat’iyan tasdiqlangan raqam emas. Joriy yil may oyida SpaceX 30 mingga yaqin Starlink sputniklarni ishga tushurish uchun AQSh Federal aloqa komissiyasiga (FCC) murojaat qildi.
Manba: Axborot xizmati