eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    03.07.2020

    O‘zbekiston startapchilari xalqaro Online Seedstars World 2020/2021 tanlovida ishtirok etishlari mumkin

    Seedstars World Competition 2020/21 xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni topshirish jarayoni boshlandi. COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy yil mazkur tanlov onlayn shaklda o‘tkaziladi.

    Tanlovning saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar ishtirokchilarning  har bittasiga o‘z loyihasini amalga oshirish uchun 50 ming dollar topshiriladi. Tanlovning g‘olibi esa 500 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

    Arizani topshirish oxirgi muddati — 2020 yil 31 iyul. Arizani quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

     

    IT-Park aholi fikrlarini o‘rganish maqsadida maxsus Telegram-botni ishga tushirdi

    Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) yangi maxsus Telegram-botni ishga tushirdiMazkur bot orqali fuqarolar quyidagi sohalar bo‘yicha o‘z fikrlarini, muammolarini, takliflarini va g‘oyalarini qoldirishlari mumkin:

    • Banklar;
    • Qurilish;
    • Transport;
    • Geologiya, mineral resurslar;
    • Sogʻliqni saqlash;
    • Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;
    • Taʼlim;
    • Qishloq xoʻjaligi;
    • Energetika.

     

    Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanganidek, barcha muammolar hal qilinadi va eng yaxshi g'oyalar amalga oshiriladi. 

     

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun maxsus mobil ilova yaratiladi

    O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinning “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida soʻz yuritilgan.

    Bundan tashqari, Farmonga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasini yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

     

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan birinchi virtual normativ-huquqiy hujjat ro‘yhatga olindi

    1- iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi birinchi elektron hujjatni — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1-iyuldagi 3277-sonli buyrug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazdi

    Adliya vazirligi rasmiy ma’lumotida ta’kidlaganidek, mazkur qadam qonunchilik sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etishda yangi qadam bo‘ldi. Bu nafaqat vaqt va pul xarajatlarini keskin tejashga, shu bilan birga hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi.

     

    6-iyuldan boshlab o‘quvchilarni eksperimental ravishda onlayn navbat asosida maktablarning 1-sinfiga qabul qilish tartibi joriy etiladi

    O‘zbekistonda 6-iyuldan boshlab o‘quvchilarni 2020/2021 o‘quv yiliga 1-sinfga qabul qilish tartibi joriy etiladi. Toshkentda hujjatlarni qabul qilish tartibi eksperimental ravishda onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Hujjatlar qabul.maktab.uz sayti orqali qabul qilinadi.

    Mazkur dastur Toshkentda o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatsa, keyingi yildan boshlab respublikamizning boshqa hududlarida ham joriy qilinadi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati