Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qo‘qon shahrida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
    06.11.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.

    Shu munosabati bilan Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida “O‘zbektelecom” AK Farg‘ona filiali binosida Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi ochildi. Ushbu markaz viloyatdagi to‘rtinchi markaz bo‘lib bugungi kunga qadar viloyatning Marg‘ilon shahri va Dang‘ara, So‘x tumanlarida takshil etilib foydalanishga topshirilgan.

    Ochilish marosimi keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlari vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

    Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanib yoshlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berildi.

    O‘quv markazida yiliga Qo‘qon shahrining uch mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish va bu sohada mutaxassislarni tayyorlash hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish maqsad qilib belgilangan.

     

    Manba: Axborot xizmati