Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    18.10.2021

    Yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida bugun, Toshloq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Toshloq tumani hokimligi, IT Park Farg‘ona filiali hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar va tashkilot rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

    Ushbu o‘quv markazida yiliga Toshloq tumanining 3000 ga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kibersport o‘yinlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.