Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Narpay tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    27.10.2021

    Bugungi kunga qadar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 14 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o'quv markazlari tashkil etilgan edi.

    Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo'yicha yoshlarni o'rgatuvchi o'quv kurslari uchun kompyuter va robototexnika sinflari tashkil etilib faoliyat ko'rsatmoqda.

    Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarining o’n beshinchisi Narpay tumanida tashkil qilindi va ushbu Raqamli texnologiyalar o`quv markazi kerakli zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimiligi, Narpay tumani hokimligi, vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbarlari va xodimlari, hamda tuman faollari va mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.