Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqanddagi IT-maktablar o‘qituvchilarining malakalari oshirildi
    28.01.2022

    Samarqand viloyatidagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan IT-maktablar o‘qituvchilarining malakalari va “Robototexnika” bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qaroriga muvofiq Samarqand shahridagi 9-sonli, Toyloq tumanidagi 15-sonli, Jomboy tumanidagi 23-sonli, Oqdaryo tumanidagi 47-sonli, Narpay tumanidagi 61-sonli, Pastdarg‘om tumanidagi 56-sonli, Qo‘shrabot tumanidagi 77-sonli va Samarqand tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan edi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 7 ta maktablarning informatika o‘qituvchilari IT Park Samarqand filialida “Robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

    Manba: Axborot xizmati