Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijonda tashkil etilgan sayyor qabulda AKT vaziri aholi duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
    29.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vaziri Sherzod Shermatov Andijonda aholi tomonidan AKT sohasida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi. Avvalroq vazirik axborot xizmati tomonidan sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.

    Bugun 29-aprel kuni AKT vaziri Sh. Shermatov boshchiligida Andijon shahridagi Digital City texnoparkida soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.

    Sayyor qabulda vazirlik tizimidagi soha korxona, tashkilot va muassasalar hamda mobil aloqa operatorlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mobil va stasionar ko‘rgazmali burchaklari bilan qatnashdi.

    Qabul davomida IT sohasida investitsiyalar jalb qilish, oliy ta’limda o‘qitish sifati, ilmiy salohiyatni oshirish, frilanserlik va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari, xususan, telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, IT-yo‘nalishida o‘zlarini qiynayotgan aniq muammo va masalalar ko‘tarildi hamda AKT texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Sayyor qabulda Hindistonning Andijon shahridagi Sharda universiteti “Bachelor of technology” kafedrasi dekani doktor Pudja universitet talabalarini viloyatdagi IT korxonalarida malaka oshirish imkonini yaratish masalasida murojaat qildi. Vazir taklifni ma’qullab, tegishli mas’ul xodimlarga topshiriqlar berdi, jumladan, Sharda universiteti va Digital City texnologik parki bilan hamkorlikda memorandum asosida kelgusida Axborot texnologiyalari sohasiga oid loyihalarni amalga oshirish va talaba yoshlarni malakaviy amaliyotlar o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish belgilab berildi.

    Soha korxona va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon, internet pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, ta’lim sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga investetsiyalar jalb qilish, ta’lim sifatini oshirish hamda IT yo‘nalishi bo’yicha murojaatlar kelib tushgan muammolar joyida hal etildi. O‘rganish qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

    Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi vakillari, talaba-yoshlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu kabi xalq qabullarini muntazam o‘tkazib borish har tomonlama aloqa mustahkamligi, soha rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

    Manba: Axborot xizmati