Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM – “2021-yil brendi” gʻolibi
    23.05.2022

    Joriy yilning 21-may kuni Milliy marketing assotsiatsiyasi ekspertlari talqini va iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalarini o‘z ichiga olgan beshinchi “Brend-2021” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlarini chekka hududlarga qadar yetkazib berayotgan va xizmatlar sifatini kundan kunga takomillashtirib borayotgan milliy operator – UZTELECOM iste’molchilar tanloviga ko‘ra “Telekommunikatsiya va Internet” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

    Mukofot g‘oliblarining noodatiy formatda e’lon qilinishi natijalarga qiziqishni yanada kuchaytirdi. Bu yilgi natijalarda Milliy marketing assotsiatsiyasi a’zolari, hamkorlari va ekspertlari tanloviga hamda iste’molchilarning bergan ovozlariga asoslanildi.

    “O‘zbektelekom” AK xalqimiz tomonidan 2020-yilda ham eng yaxshi internet provayder sifatida tanlovda g‘olib bo‘lgan edi.

    Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

    Ovoz berish jarayoni aprel-may oylarida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joiz, UZTELECOM bu kabi tanlovlarda bir necha yildan beri qatnashib kelmoqda. 2020-yil “Yil brendi” tanlovida kompaniya “Eng yaxshi internet-provayderi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda “O‘zbektelekom” AK “UZTELECOMga sodiqlikni qanday oshirish mumkin” loyihasi bilan “Jamiyat, jamoalar, sodiqlik dasturlarini yaratish” nominatsiyasida TAF – Toshkent reklama festivalida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

    Kompaniyaning shu kabi yutuqlari bardavom bo‘lishiga ishonamiz. Har bir qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyat kelajakda “O‘zbektelekom” AK katta oilasining xizmatlarini xalqimiz oldida yanada sifatli, sidqidildan va mas’uliyat bilan bajarishda asosiy turtki bo‘ladi. Undan tashqari, UZTELECOM marketing faolligining professional hamjamiyat va abonentlarimiz tomonidan e’tirof etilishi Kompaniyaning marketing rivoji uchun hissa qo‘shadi.

    Manba: Axborot xizmati