Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi va Koreyaning Elektron va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi
    27.05.2022

    Bugun, 27-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Yangi O‘zbekiston va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida O‘zbekiston–Koreya xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu forum doirasida O‘zbekiston respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasining Elektron va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) o‘rtasida memorandum ham imzolandi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov hamda Koreya Respublikasining Elektron va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti vitse-prezidenti Pak Jong Xyon ishtirok etdi.

    Mеmorandumning asosiy maqsadi O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, IT ta’limni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarning amaliyotga joriy etishga qaratilgan.

    Memorandumni asosiy yo‘nalishlari Koreya Respublikasining yirik kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamlashtirish, sun’iy intellektni rivojlantirish hamda AKT sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.

    Shu nuqtai nazardan, ushbu memorandumning imzolanishi O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida AKT sohasini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati