eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qo‘shimcha 300 nafarga yaqin yangi ishchi o‘rinlari yaratilayotgan Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish markazining yangi bo‘linmasi faoliyatini yanada kengaytirish vazifalari belgilandi
    13.06.2022

    AKT vaziri 2021-yil 24-noyabrda “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali qoshidagi Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi faoliyati bilan tanishib Call-markazlar faoliyatini kengaytirib, rivojlantirish orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish vazifalarini belgilab bergandi.

    Bugun, 13-iyun kuni yuqorida berilgan vazifalarning amalga oshirilgan natijalarini ko‘rish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali qoshidagi yangi kengaytirilgan Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (254/255 EATS)ga bordi.

    Tashrif avvalida AKT vaziri xizmat faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. 

    Dastlab markaz mutaxassislari Call-markazni rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar sonini kengaytirish rejalari va tez orada amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar haqida so‘zlab berdilar.

    Shundan so‘ng erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘ndan ortiq davlat organlari, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid murojaatlar bo‘yicha Call-markazga bugungi kungacha 1000 nafarga yaqin xodim jalb etilgani aytildi. Jumladan, 6 oy davomida 300 nafarga yaqin yangi ish joyi yaratilgani ta’kidlandi.

    Shuningdek, yanada koʻproq davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Call-markaz xizmatlarini koʻrsatish va kengaytirish koʻzda tutilgan.

    Tanishuv jarayonida faoliyat davomida erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mijozlar sonini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.

    Taqdimot chog‘ida AKT vaziri Sherzod Shermatov o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, yangi ishchi o‘rinlarini hududlarda ko‘proq yaratish bo‘yicha tapshiriqlar berdi. Bu borada qilinadigan ishlar va mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish yechimini topishda yordam berishini ta’kidladi.

    Manba: Axborot xizmati