Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Singapur elchisi Elektron hukumat markaziga tashrif buyurdi
    15.08.2022

    Elektron hukumat markaziga Singapur Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli Baharudin tashrif buyurdi.

    Martabali mehmon O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan qisqacha tanishtirildi. Elchi mamlakatimizda AKT sohasida erishilayotgan yutuqlarni ijobiy qayd etdi. Singapur tajribasidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari va elektron hukumat ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

    Suhbat chog‘ida ikki davlat tashkilotlari o‘rtasida elektron hukumat sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Singapurning bu boradagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Singapur ayni damda BMTning elektron hukumat reytingida dunyoda 11-o‘rinni egallab turibdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Qahramon Shokirov ham ishtirok etdi.

    Manba: Axborot xizmati