Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “GAP” – IT sohada ayollar klubining ikkinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
    06.09.2022

    Xabaringiz bor, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park hamkorligida jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida “GAP” ayollar IT-klubi loyihasi muvaffaqqiyatli ish boshladi. Joriy yilning 31 avgust kuni loyihaning ikkinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

    Tadbirda Beautify.uz loyihasi asoschisi va ijrochi direktori Nigora Akilova, yosh frilanser Sevinch Baxtiyarova, “UZUM” loyiha ofisining hamkori Yuliya Smirnovalar spikerlik qilishdi. Ularning muvaffaqqiyat sirlari, bosib o‘tgan yo‘llari, ilm olishdagi sabrliligi hamda o‘rganishdan to‘xtamaslik haqidagi firklari barcha loyiha mehmonlarida qiziqish uyg‘otdi. Xususan, yosh frilanser Sevinch Baxtiyorova shunday deydi:

    “Bugungi kunda mamlakatimiz qizlari va ayollari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasini ommalashtirish dolzarb masala, chunki bu soha ularga dunyoning istalgan joyidan uyda yoki o‘zi uchun qulay bo‘lgan joyda loyihalar ustida ishlash imkonini beradi. Frilanserlik ular uchun katta imkoniyatlar ochadi, chunki har bir ayol o‘z ish jadvalini bandlikka qarab tuzishi mumkin, shuningdek buyurtmalar va ularning sonini mustaqil ravishda tanlashi mumkin”.

    Klubning asosiy vazifasilaridan biri ham ayollarning IT-sohasidagi savodxonligini oshirish va netvorkingni (o‘zaro muloqot) rivojlantirishdan iborat. Klub tashabbuskorlarining maqsadi esa, IT-sanoatda ayollar tanqisligi muammosini tugatish, IT-kasblarini ayollar va qizlar uchun ochiq va qiziqarli qilishdan iboratdir. Ushbu loyiha birinchi uchrashuvdayoq muvaffaqqiyatli start olgandi. Loyihaning bu galgi hamkori sifatida esa – Dlux Dance Studio ishtirok etdi.

    Etirof etish kerakki, hozirda klubning eng yosh a’zosi 16 yoshda, eng yoshi katta a’zosi esa 55 yoshda. Bundan tashqari, klub a’zolari turli soha vakillaridan iborat. Aynan siz ham “GAP” da ishtirok etishingiz uchun na yoshingiz, na kasbingizda chegara yo‘q.

    “IT-sanoatning rivojlanishi odamlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Endi masofadan turib ishlash imkoniyati ham mavjud, bu ayniqsa ayollar uchun juda qulay va yaxshi. Endilikda ular uydan chiqmasdan pul topishlari va o‘qishlari mumkin, ular karera va kundalik hayotni muvaffaqiyatli birlashtira oladilar”, – deydi startap asoschisi Nigora Akilova.

    Ta’kidlash kerakki, uchrashuv davomida klub a’zolari o‘z netvorkinglarini rivojlantirish va IT-mutaxassislari bilan muloqot qilish, o‘z savollariga spikerlardan javob olish, bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Loyihaning keyingi uchrashuvlari viloyatlar kesimida o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, “GAP” ayollar IT-klubi bo‘lajak ishtirokchilar uchun qator qulayliklar yaratdi. Endi ishtirokchilar klubning rasmiy sayti orqali bo‘lajak tadbirlar va loyihaning so‘nggi yangiliklari bilan tanishishlari, shuningdek, o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan holda izoh qoldirishlari va yangi uchrashuvlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi: https://it-gap.uz/

    Manba: Axborot xizmati