Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlar O‘zbekistonning qaysi frilans platformalarida ishlashi mumkin?
    29.12.2022

    Texnologiyaning rivojlanishi bilan ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ldi va hattoki Shimoliy qutbda yashab ishlash imkoniyati ham bor, asosiysi internet, telefon va issiq paltoga ega bo'lishdir.

    Bugun “Frilanserman” deya o‘zini tanishtiradigan yoshlarni tez-tez uchratish mumkin. Masalan, Amerikada 54 million frilanser bor, Rossiyada esa 14 million.

    Firlanserlar – qo‘shimcha yoki to‘liq ish vaqti rejimida kasbi, tajribasi va qobilyatlaridan kelib chiqqan holda, onlayn yoki oflayn tarzda o‘z xizmatlarini taklif etuvchi mutaxassis, oddiy qilib aytganda, qisqa muddatli yollanma ishchilar, deb tushunishimiz mumkin.

    Dunyo bo‘ylab mashhur frilanser saytlar mavjud. Lekin O‘zbekistonda ham frilans platformalari talaygina.

    Quyidagi ro‘yxat bilan tanishib, platformalar haqida ma'lumotga ega bo‘ling:

    Myfreelance.uz – frilansing sohasiga oid yangiliklar, maqolalar, layfhaklar va videokurlsar bilan bepul tanishish imkoniyatini  taqdim etuvchi sayt.

    Mohirlar.uz – bu platformada turli sohalar bo’yicha mustaqil kasb egalari o’zlarini qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha buyurtmalarni joylashlari, yaratishlari, ko’rishlari, ijrochi bo’lishlari va tanlashlari mumkin.

    Dowork.uz – yangi avlod frilanserlar portali hisoblanib, bu yerda siz ro’yxatdan o’tishingiz va odamlarning ishonchini oqlay oladigan haqiqiy mutaxassislarni topishingiz mumkin. Matematika, vokal o‘qituvchilari, dasturchi va boshqa soha vakillari o’z faoliyatlarini olib boradilar.

    infoshop.uz – yuzlab odamlar to‘plangan O‘zbekistondagi birinchi frilans-birjasi.

    Xizmatlaringizni joylashtirib, mijozlarga taklif qilsangiz bo’ladi. Sizda info shop orqali uydan chiqmasdan turib pul ishlash imkoniyati bor. Foydali interfeys, yuzlab turli sohalardagi ijrochilar, kafolat va to‘lovlar xavfsizligi – barchasi bir saytda!

    2work.uz – O‘zbekistonda ish yoki ishchi topmoqchi bo‘lganlar uchun 2work.uz eng yaxshi tanlovdir. 2work foydalanuvchilar uchun eng yaxshi sharoitlarni taklif etadi. Toshkent shahri va boshqa shaharlarda boʻsh ish oʻrinlari va ish qidirish toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtirish bepul. Sayt barcha sohalar bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etadi va har bir foydalanuvchining maxfiyligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, xizmat tugallangan buyurtmalar bo‘yicha sharhlarni o‘qish va ish beruvchilar yoki pudratchilar haqida o‘z fikringizni bildirish imkoniyatini beradi.

    uzfreelance.com – frilanserlar uchun masovafiy ish qidirish xizmati bo‘lib, bu frilans birjada veb-ishlab chiquvchilar, dizaynerlar, dasturchilar, menejerlar, kopirayterlar va to‘liq vaqtli freelancing yoki masofadan ishlashni afzal ko‘radigan boshqa frilanserlar tomonidan taqdim etiladi.

    www.giglancer.uz – Sizga yangi veb-saytingiz uchun logotip kerakmi yoki kompaniyangizni potentsial mijozlar bilan tanishtirishga yordam beradigan video taqdimot kerakmi, hatto maktab topshiriqlaringizni bajarishda sizga yordam beradigan murabbiy kerakmi, siz to‘g‘ri joydasiz. Siz izlayotgan va buni o‘zingiz qanday qilishni bilmasangiz yoki shunchaki vaqtingiz yo‘q bo‘lsa, GigLancerdagi ijrochilar sizning xizmatingizda.

    Hirelancer.uz – O‘zbekistondagi frilans birja.

    Buyurtmangizni sifatli va kelishilgan narxda qildirmoqchimisiz? Buyurtmani tizimga joylang va tekshirilgan frilanserlar o‘zlarining xizmatlarini sizga taklif qilishadi. Taklif narxi va frilanserga qoldirilgan fikrlarga qarab frilanserni tanlashingiz mumkin. 

    uzbekcoders.uz – yo‘nalishlar bo‘yicha: Front-end, Fullstack, Android va ma’lumotlarni tahlil qilish. O‘zbek tilidagi subtitrlar bilan ingliz tilidagi kurslarni topib o‘qishingiz mumkin. 

    Berilgan barcha ma’lumotlardan unumli foydalaning.

    Manba: Axborot xizmati