Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
    07.04.2023

    Bugun, 7-aprel kuni IT Parkda Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar, mahalliy va xorijiy trenerlar bilan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi oldidan mas’ul vazirliklar rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U. Sharifxodjayev ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston terma jamoasi saralanib, xalqaro olimpiadalarda, shu jumladan, xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etib kelmoqda. 

    Ma’lumot uchun: 2022-yilning 7-15-avgust kunlari 34-Xalqaro informatika olimpiadasi Indoneziyada o‘tkazilgan bo‘lib, unda 88 ta davlatdan 349 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekistondan 4 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

    Joriy yilda asosiy olimpiadaning maktab bosqichi sentabr oyida tashkil qilingan bo‘lib, unda respublika bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining 80 mingdan ortiq 9–11-sinf va 1-2-kurs o‘quvchilari ishtirok etdi. Olimpiadaning tuman bosqichida 18 mingdan ortiq o‘quvchilar, viloyat bosqichida esa 2000 ga yaqin o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Viloyatlarda yuqori natijalarni qayd etgan 210 nafar o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga saralash bosqichlariga jalb qilindi.

    Saralash bosqichlari xalqaro olimpiadalar standartlariga mos ravishda o‘tkazildi, unda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi dasturlashga doir topshiriqlar taqdim qilindi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra 12 nafar yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar terma jamoaga asosiy nomzodlar safidan o‘rin egallashdi va mahalliy trenerlar jalb qilgan holda o‘quvlar tashkil qilindi.

    Tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning xalqaro olimpiadadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida polshalik mutaxassis, xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi. U xalqaro darajadagi trener bo‘libgina qolmay, dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan GOOGLE kompaniyasi dasturchisi hisoblanadi.  

    Raqamli texnologiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan xamkorlikda tashkil qilinayotgan mazkur loyiha o‘zining ijobiy samarasini beradi va joriy yilda o‘quvchilarimiz xalkaro informatika olimpiadasidan medallarni qo‘lga kiritadi. Shu bilan birgalikda, mazkur loyiha uzoq yillar o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro olimpiadalardagi yuqori muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat kiladi, deb umid kilamiz.

     

    Manba: Axborot xizmati