eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Qat'iy intizom, tashabbuskorlik va mehnatsevarlik — iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi

2021-yil 1-may kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 87-sonida AKT vaziri Sh. Sodiqovning “«Строгая дисциплина, инициативность и трудолюбие — неотъемлемые составляющие экономического развития» nomli maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada AKT vazirligi tizimidagi tashkilot va korxonalarda ijro intizomini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda Vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

01.05.2021

"Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi

“Yangi O’zbekiston ” gazetasining 2021-yil 23-aprel, 81-sonida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada yoshlar bandligini ta’minlashda IT markazlari va “Bir million dasturchi” loyihasining  samaradorligi, minglab startap g’oyalar ustida ish olib borayotgan dasturchilar hamda ularga yaratilayotgan imtiyozlar haqida so’z borgan.

23.04.2021

Elektron hukumat xalqaro reytingini ko'tarish dolzarb masaladir

“Pravda Vostoka” gazetasining 2021-yil 20-aprel kuni 78-sonida “Электронное правительство: повышая международный рейтинг” nomli maqola chop etildi. Mazkur material Toshkent shahridagi Inha universitetida AKT vazirligi ko‘magida o‘tkazilgan “Elektron hukumatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida O‘zbekistonning xalqaro reytingini ko‘tarish” mavzusidagi ilmiy seminar natijalari bo‘yicha tayyorlangan bo'lib, unda   tadbir doirasida so'z yuritilgan dolzarb masalalar yoritilgan. 

20.04.2021

Elektron hukumatni rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

2021 yil 31-mart kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 64-sonida “«Электронное правительство»: устранить барьеры и повысить доступность и качество госуслуг ” nomli maqola chop etildi.

 

31.03.2021

Yetuk mutaxassislarni tayyorlash muhim masaladir

2020 yil “Pravda Vostoka” gazetasining 63-sonida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi M. Jalalov bilan intervyu chop etildi. Suhbat doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbari mazkur oliygoh faoliyati, joriy yildagi rejalar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. 

 

30.03.2021

O‘zbekistonda IT kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida

2021 yil 16-mart kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 53-sonida “Как Узбекистан готовит новое поколение IT-специалистов” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada IT mutahassislarni keng tayyorlash doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

16.03.2021

Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy negiz

2021 yil 26-fevral kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 41-sonida “Искусственный интеллект: правовая платформа для развития” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

26.02.2021

Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

2021 yil 19-fevral kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 36-sonida “Предпринимаются меры по созданию технологий искусственного интеллекта” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini ochib beradigan sharhlar berilgan.

19.02.2021

Yoshlar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda faol qatnashmoqda

“Pravda Vostoka” gazetasining 2021 yil 16 fevral kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 33-sonida “ Молодежь - активный участник строительства Нового Узбекистана ” nomli maqola chop etildi. Mazkur material AKT vaziri Sh. Sodiqov bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tizimlarida faoliyat yuritayotgan hamda soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot natijalari bo‘yicha tayyorlangan. Unda tadbirda ko‘tarilgan dolzarb masalalar ko‘rsatilgan. 

16.02.2021

Yoshlarimizning g‘oya va tashabbuslarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz

2021 yil 12-fevral kuni “Narodnoe slovo” gazetasining 32-sonida AKT vaziri Sh. Sodiqovning “Мир инноваций ждет покорителей” nomli maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada AKT vazirligi tomonidan yoshlarning g'oya va tashabbuslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan choralar, 2020-yilda AKT sohasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

12.02.2021