2021-yil 9-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan davlat tiliga oid qonun hujjatlariga amal qilish holatiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv-seminar o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil 2-iyul kuni videokonferensaloqa ko‘rinishida “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli!” mavzusida onlayn maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun har hafta juma kuni soat 11:00da tashkil etiladigan huquqiy-maʼrfiy o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
2021-yil 18-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda jamiyat hayotining har bir soha va yo‘nalish, xususan axborot-kommunikatsiya sohasi oldiga belgilab berilgan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
2020 yil 9-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya va Madhiya istiqlol hamda milliy g‘urur timsoli” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti va O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 16-oktabr kuni “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzuida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
2020 yil 23 sentyabr mustaqil O‘zbekiston tarixi sahifalariga zarxal harflar bilan bitiladi. Bu sana o‘zbek xalqi uchun unutilmas kun bo‘lib qolishi, tabiiy. Ona tilimizning jahon minbarlaridan yangrashi har birimizga g‘urur baxsh etdi.
U paytlarda talaba edik. Ijara kvartirada turar, o‘qishdan bo‘sh vaqt bo‘lganda ozroq bo‘lsa ham pul topish ilinjida u-bu ishlarni qilib yurardik.