Ushbu shartnoma Elektron hukumat ma’lumotlar markazini yaratish loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzildi.
2022-yil 19-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida MOON Engineering (Koreya Respublikasi) kompaniyasi bilan «Elektron hukumat tizimida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish» loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga shartnoma imzolash marosimi o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 19-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yandeks Taksi”ning MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruv direktori Kiril Svinsov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun, 19-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi doirasida “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi hamda vazirlik tizimidagi soha korxonalarining jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabuli Andijon Digital City texnoparkida tashkil etildi. Avvalroq vazirik axborot xizmati tomonidan Sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.
Bugun, 18-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Astrum IT akademiyasiga tashrif buyurib, akademiya va USAID o‘rtasida dasturchi ayollarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoda aholi tomonidan AKT sohasida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan Sayyor qabul o‘tkazdi. Avvalroq vazirik axborot xizmati tomonidan Sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali Qarshi shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi.