Bugun, 12-may kuni Farg‘ona shahrida TATU Farg‘ona filiali hududida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 12-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida bo‘ldi.
«Plug and Play» platformasi joriy yil yakuniga qadar Toshkentda o‘z ofisini ochishi haqida xabar qildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park Uzbekistan hamda «AloqaVentures» bilan kechgan uchrashuvlardan so‘ng «Plug and Play» O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ishga tushirishi haqida rasman e’lon qildi. Dastur doirasidagi hamkorlikning dastlabki bosqichi moliyaviy texnologiyalar, sug‘urta va korporativ texnologiyalar, hamda ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Bugun, 11-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida bir nechta obyektlarni ko‘zdan kechirmoqda.
Bugun, 11-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi.
Toshkent viloyatida Masofaviy xizmatlar eksporti markazi (BPO) xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Amerika Qo‘shma shtatlari transport logistikasini yurituvchi “GL TECH DIVERSITY” MCHJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, ularga viloyatda BPO xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Chirchiq shahridan zamon talablariga mos binolar taklif qilindi.
“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov StrategEast kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun Toshkentda “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir nechta xorijiy davlatlar vakillari va mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.
“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Viasat hamda Eutelsat kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mac Williams bilan uchrashuv o‘tkazdi.